Shoshilinch xirurgiya bo’limi-1

 Bo‘limda o‘tkir xirurgik patologiyasi bo‘lgan bemorlarda operativ va konservativ davo o’tkaziladi.

Elmurodov Karimali Sadinovich tibbiyot fanlari doktori, Turon universiteti tibbiyot fakulteti tibiyot kafedrasi dotsenti, VSSB bosh xirurgi. RSHTYOIM KF yetuk mutaxasisi.

1984 yilda SamDu Tining davolash fakultetini bitirgan. 1990 yilda “Mexanik sarg’ayishlarda kompleks detaksikatsiyalarni qo’llash xirurgik operatsiyalarda mavzusida nomzodlik dessertasiyasini” Rossiya davlatining Moskiva shahridadagi N.V.Sklifosoviskiy nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy tadqiqot institutida 1988-1990 yillarda aspirantura o’tagan va 1990 yil professor I.R.Rustamov hamda professor Rossiya davlat mukofoti lauriyati I.I.Shmanko rahbarligida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan.

2024 yilda “Shoshilinch tibbiy yordam bosqichlarida ko’krak va qorin shkastlari diagnostikasi hamda xirurgik davosining zamonaviy jixatlari” mavzusida doktorlik dessertasiyasini professor A.M.Xadjibayev rahbarligida himoya qilgan. 2007 yilda davlat mukofoti “mehnat shuxrati ordeni” bilan taqdirlangan. 2018 yilda O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash a’lochisi, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar 4 ta patent 2 ta monagrafiya va bitta darslik muallifi.

Shoshilinch xirurgiya bo’limi-1

Bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Inakov A’zam Ganievich.

Xirurgiya-1 bo‘limi 30 o’rin. Bo‘limda o‘tkir xirurgik patologiyasi bo‘lgan bemorlarda operativ va konservativ davo o’tkaziladi. Bo‘lim mutaxassislari tomonidan xirurgik kasalliklarda videolaparoskopik va an’anaviy xirurgik amaliyotlar bajarilib kelinmoqda.  Jumaladan: Laparoskopik xolesistektomiya, laparoskopik appendektomiya, laparoskopik oshqozon va o’n ikki barmoq ichak teshilgan yaralarini tikish, diagnostik laparoskopiya, diagnostik torokoskopiya,  og‘ir qo‘shma shikastlanishlarda jigar travmalarini laparoskopik usulda koagulyatsiya qilib qon ketishini to’xtatish kabi amaliyotlari bajarilib kelinmoqda.

Ilk bor qilinayotgan amaliyotlar

qorin old devori churralarini laparoskopik usulda bartaraf qilish,  o‘tkir biliar pankreatit va pankreonekrozlarda laparoskopik usulda xolesistektomiya, xoledoxni Pikovskiy usulida drenajlash, charvi xaltasini ochish va drenajlash, qorin bo’shlig‘ini sanatsiyasi va drenajlash amaliyotlari, o’tkir chandiqli ichak tutilishlarida laparoskopik usulda bartaraf qilish kabi amaliyotlar bajarilmoqda. Jigar sirrozida qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalaridan qon ketganda endoskopik usulda ligirlash amaliyotini yo‘lga qo‘yilgan. Undan tashqari qizilo’ngach diafragma teshigi churralarini laparoskopik usulda bartaraf qilish, oshqozon yengli rezeksiyasi amaliyotlar bajarilmoqda.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyat filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabr 1998 ildagi 2107 PF sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 26-sentyabr 2000 yildan o’z faoliyatini boshlagan.

Filial faolyatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet ellar fuqorolariga zamonaviy malakali va maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, davolash, ilmiy metodik va ko’rgazmali ishlarni takomillashtirishdan iborat.

  • Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishni, davlat xizmatini zamonaviy dunyo talabiga mos keladigan operativ, yuqori texnologik va effektiv holda tashkillashtirish va boshqarish.
  • Aholiga maxsus ixtisoslashtirilgan va malakali shoshilinch tibbiy yordamni ko’rsatish.

MSKT., Angiograf, -elektrokardiograf (yurakni tekshiruvchi uskuna); -UTT apparatlarii,  —  EFGDS, narkoz apparatlari, EKD-gemodializ, -avtoklav (sterilizatsiya qilish uskunasi) quruq xavo bilan jixozlarni sterilizatsiya qilish uskunasi; -elektrotsentrifuga va laboratoriya apparatlar; -dizel generatori (yoqilg‘i yordamida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi uskuna).

  1. 220 o‘rin soni 300 o‘ringa ko‘paytirildi.
  2. Qarshi temir yo‘llari shifoxonasi markaz balansiga o‘tkazildi.
  3. Angiografiya apparati ishga tushirildi.
  4. Kardioxirurgiya bo‘limi (15 o‘ringa) Zamonaviy AIK apparati olindi
  5. Yangi MSKT apparati ishga tushirildi.
  6. Bakteriologik laboratoriya ishga tushirildi.
  7. Markazda doimiy ichimlik suvi yo‘lga qo‘yildi.
  8. 524 dona quyosh paneli o‘rnatildi.
  9. Homiylar tomonidan (Germaniya va Xitoy) 375 kValik 2 dona dizel generatorlari o‘rnatildi.
  10. 3 ta yangi qozonxona o‘rnatildi va tejamkorlikga erishildi.
  11. Homiylar mablag‘i hisobiga temir yo‘l shifoxonasiga 2-elektr liniyasi tortildi.
  12. Open byudjet mablag‘lari hisobidan yangi kutish zali qurildi.
  13. Kardioxirurgiyani rivojlantirish uchun open byudjetdan 1,360 mln so‘mlik mablag‘ yutib olindi.
  14. Davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari to‘liq yo‘lga qo‘yildi.
  15. Texnomed, Demed va Mis-2 dasturiy ta’minotlari yo‘lga qo‘yildi.
  16. Homiylar tomonidan (360 so‘mga) kislorod stansiyasi remont qilindi.
  17. 15 nafar xodim xorijda malaka oshirdi.
  18. Xalqaro konferensiyalarga 4 doklad, 10 ta tezis bilan ishtirok etdi.
  19. 1 ta doktorlik dissertasiyasi ximoya 2 ta nomzodlik dissertasiyasi mavzusi tasdiqlandi.
  20. Hozirgi kungacha 8 ta buyrak transplantasiyasi o’tkazildi.
  21. Yashil makon bo‘yicha 585 ta daraxt kuchatlari ekildi.
  22. Yuqori texnologik operasiyalar 44 turdan 252 turga oshirildi.