Bolalar xirurgiyasi bolimi

Bo‘limda bolalar va  o’smirlar   o‘tkir xirurgik patologiyasi bo‘lgan bemorlarda shoshilinch  konservativ  davo  va xar xil turdagi  operativ  muolajalar  o’tkaziladi.

Bolalar xirurgiyasi bo'limi

Bolalar xirurgiya bo’limi boshlig'i: Navruzov M.

Bolalar  xirurgiya bo’limi 20 o’ringa tashkil qilingan. Bo‘limda bolalar va  o’smirlar   o‘tkir xirurgik patologiyasi bo‘lgan bemorlarda shoshilinch  konservativ  davo  va xar xil turdagi  operativ  muolajalar  o’tkaziladi. Bo‘lim mutaxassislari tomonidan  bolalar  va  o’smirlarda    tug’ma  va  ortirilgan  o’tkir  xirurgik kasalliklarda  an’anaviy xirurgik  va videolaparoskopik  amaliyotlar bajarilib kelinmoqda.  Jumaladan: laparoskopik appendektomiya, diagnostik laparoskopiya, torakotomiya ,diagnostik torokoskopiya, laparoskopik oshqozon va o’n ikki barmoq ichak teshilgan yaralarini tikish, Laparoskopik xolesistektomiya,  og‘ir qo‘shma shikastlanishlarda jigar travmalarini laparoskopik usulda koagulyatsiya qilib qon ketishini to’xtatish, ichak  tutilishlarida  videolaparaskopik  amaliyotlari bajarilib kelinmoqda. Bo’limda  diagnostik  va  davolash  bronxoskopiya, ezofagoskopiya  amaliyoti  keng  tadbiq  qilingan. 

Ilk bor qilinayotgan amaliyotlar: 

O’tkir  ichak  tutilishlarida  va   ichak  invaginatsiyasida  ichak tutilishini  bartaraf  qilish, ichak laparaskopik  dezinvaginatsiyasi, laparaskopik   ichak   polipektomiyasi, charvi xaltasini ochish va drenajlash, qorin bo’shlig‘ini sanatsiyasi va drenajlash, o’tkir  mediastinal  emfizemada   mediastinotomiya amaliyotlari, bajarilmoqda.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyat filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabr 1998 ildagi 2107 PF sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 26-sentyabr 2000 yildan o’z faoliyatini boshlagan.

Filial faolyatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet ellar fuqorolariga zamonaviy malakali va maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, davolash, ilmiy metodik va ko’rgazmali ishlarni takomillashtirishdan iborat.

  • Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishni, davlat xizmatini zamonaviy dunyo talabiga mos keladigan operativ, yuqori texnologik va effektiv holda tashkillashtirish va boshqarish.
  • Aholiga maxsus ixtisoslashtirilgan va malakali shoshilinch tibbiy yordamni ko’rsatish.

MSKT., Angiograf, -elektrokardiograf (yurakni tekshiruvchi uskuna); -UTT apparatlarii,  —  EFGDS, narkoz apparatlari, EKD-gemodializ, -avtoklav (sterilizatsiya qilish uskunasi) quruq xavo bilan jixozlarni sterilizatsiya qilish uskunasi; -elektrotsentrifuga va laboratoriya apparatlar; -dizel generatori (yoqilg‘i yordamida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi uskuna).

  1. 220 o‘rin soni 300 o‘ringa ko‘paytirildi.
  2. Qarshi temir yo‘llari shifoxonasi markaz balansiga o‘tkazildi.
  3. Angiografiya apparati ishga tushirildi.
  4. Kardioxirurgiya bo‘limi (15 o‘ringa) Zamonaviy AIK apparati olindi
  5. Yangi MSKT apparati ishga tushirildi.
  6. Bakteriologik laboratoriya ishga tushirildi.
  7. Markazda doimiy ichimlik suvi yo‘lga qo‘yildi.
  8. 524 dona quyosh paneli o‘rnatildi.
  9. Homiylar tomonidan (Germaniya va Xitoy) 375 kValik 2 dona dizel generatorlari o‘rnatildi.
  10. 3 ta yangi qozonxona o‘rnatildi va tejamkorlikga erishildi.
  11. Homiylar mablag‘i hisobiga temir yo‘l shifoxonasiga 2-elektr liniyasi tortildi.
  12. Open byudjet mablag‘lari hisobidan yangi kutish zali qurildi.
  13. Kardioxirurgiyani rivojlantirish uchun open byudjetdan 1,360 mln so‘mlik mablag‘ yutib olindi.
  14. Davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari to‘liq yo‘lga qo‘yildi.
  15. Texnomed, Demed va Mis-2 dasturiy ta’minotlari yo‘lga qo‘yildi.
  16. Homiylar tomonidan (360 so‘mga) kislorod stansiyasi remont qilindi.
  17. 15 nafar xodim xorijda malaka oshirdi.
  18. Xalqaro konferensiyalarga 4 doklad, 10 ta tezis bilan ishtirok etdi.
  19. 1 ta doktorlik dissertasiyasi ximoya 2 ta nomzodlik dissertasiyasi mavzusi tasdiqlandi.
  20. Hozirgi kungacha 8 ta buyrak transplantasiyasi o’tkazildi.
  21. Yashil makon bo‘yicha 585 ta daraxt kuchatlari ekildi.
  22. Yuqori texnologik operasiyalar 44 turdan 252 turga oshirildi.