Shoshilinch nevrologiya bo’limi

Shoshilinch nevrologiya bo‘limi markaziy va periferik asab tizimi kasalliklarida tezkor va samarali tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan yuqori texnologik bo‘lim hisoblanadi.

Shoshilinch nevrologiya bo’limi

Shoshilinch nevrologiya bo’limi mudiri; Chorchanbiyev Xasan Shodiyevich

Shoshilinch nevrologiya bo‘limi markaziy va periferik asab tizimi kasalliklarida tezkor va samarali tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan yuqori texnologik bo‘lim hisoblanadi. Bo‘limda bemorlarni qabul qilish, tashxislash va davolash ishlari xalqaro standartlar asosida, 24 soat davomida amalga oshiriladi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

Shoshilinch nevrologiya bo‘limi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:

  • Nevrologik shoshilinch holatlarni tezkor aniqlash va baholash
  • Bemor holatini barqarorlashtirish
  • Asab tizimi kasalliklarini xalqaro standartlar asosida davolash
  • Asoratlarni oldini olish va reabilitatsiyani boshlash
  • Intensiv terapiya va doimiy monitoringni ta’minlash

Qabul qilinadigan shoshilinch holatlar

Bo‘lim quyidagi holatlarda bemorlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatadi:

Bosh va orqa miyadagi insult va qon aylanishi buzilishlari

  • Ishemik insult
  • Gemorragik insult
  • Tranzitor ishemik xurujlar (mikroinsult)

Xuruj va epileptik holatlar

  • Epileptik xurujlar
  • Epileptik status

O‘tkir og‘riq sindromlari

  • Migren
  • Klaster bosh og‘riqlari
  • Nevralgiyalar

Markaziy va periferik asab tizimi infeksion kasalliklari

  • Meningit
  • Ensefalit
  • Neyroinfeksiyalar
  • Mielitlar
  • Poliradikulonevritlar

Boshqa holatlar

  • Harakat va nutq buzilishlari
  • Hushdan ketish holatlari
  • Parez va paralichlar
  • Asab tizimi bilan bog‘liq o‘tkir holatlar

Zamonaviy tashxis imkoniyatlari

Bo‘limda yuqori aniqlikka ega diagnostik uskunalar yordamida tezkor tekshiruvlar o‘tkaziladi:

  • Kompyuter tomografiya (KT)
  • Dopplerografiya (qon tomirlarini tekshirish)
  • Laborator tahlillar (qon, bioximik, infeksion tahlillar) va boshkalar

Tashxis qo‘yish jarayoni maksimal darajada tez va aniq amalga oshirilib, davolashni kechiktirmasdan boshlash imkonini beradi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyat filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabr 1998 ildagi 2107 PF sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 26-sentyabr 2000 yildan o’z faoliyatini boshlagan.

Filial faolyatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet ellar fuqorolariga zamonaviy malakali va maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, davolash, ilmiy metodik va ko’rgazmali ishlarni takomillashtirishdan iborat.

  • Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishni, davlat xizmatini zamonaviy dunyo talabiga mos keladigan operativ, yuqori texnologik va effektiv holda tashkillashtirish va boshqarish.
  • Aholiga maxsus ixtisoslashtirilgan va malakali shoshilinch tibbiy yordamni ko’rsatish.

MSKT., Angiograf, -elektrokardiograf (yurakni tekshiruvchi uskuna); -UTT apparatlarii,  —  EFGDS, narkoz apparatlari, EKD-gemodializ, -avtoklav (sterilizatsiya qilish uskunasi) quruq xavo bilan jixozlarni sterilizatsiya qilish uskunasi; -elektrotsentrifuga va laboratoriya apparatlar; -dizel generatori (yoqilg‘i yordamida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi uskuna).

  1. 220 o‘rin soni 300 o‘ringa ko‘paytirildi.
  2. Qarshi temir yo‘llari shifoxonasi markaz balansiga o‘tkazildi.
  3. Angiografiya apparati ishga tushirildi.
  4. Kardioxirurgiya bo‘limi (15 o‘ringa) Zamonaviy AIK apparati olindi
  5. Yangi MSKT apparati ishga tushirildi.
  6. Bakteriologik laboratoriya ishga tushirildi.
  7. Markazda doimiy ichimlik suvi yo‘lga qo‘yildi.
  8. 524 dona quyosh paneli o‘rnatildi.
  9. Homiylar tomonidan (Germaniya va Xitoy) 375 kValik 2 dona dizel generatorlari o‘rnatildi.
  10. 3 ta yangi qozonxona o‘rnatildi va tejamkorlikga erishildi.
  11. Homiylar mablag‘i hisobiga temir yo‘l shifoxonasiga 2-elektr liniyasi tortildi.
  12. Open byudjet mablag‘lari hisobidan yangi kutish zali qurildi.
  13. Kardioxirurgiyani rivojlantirish uchun open byudjetdan 1,360 mln so‘mlik mablag‘ yutib olindi.
  14. Davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari to‘liq yo‘lga qo‘yildi.
  15. Texnomed, Demed va Mis-2 dasturiy ta’minotlari yo‘lga qo‘yildi.
  16. Homiylar tomonidan (360 so‘mga) kislorod stansiyasi remont qilindi.
  17. 15 nafar xodim xorijda malaka oshirdi.
  18. Xalqaro konferensiyalarga 4 doklad, 10 ta tezis bilan ishtirok etdi.
  19. 1 ta doktorlik dissertasiyasi ximoya 2 ta nomzodlik dissertasiyasi mavzusi tasdiqlandi.
  20. Hozirgi kungacha 8 ta buyrak transplantasiyasi o’tkazildi.
  21. Yashil makon bo‘yicha 585 ta daraxt kuchatlari ekildi.
  22. Yuqori texnologik operasiyalar 44 turdan 252 turga oshirildi.