AIK (sun’iy qon aylanish apparati), MSKT., Angiograf, -elektrokardiograf (yurakni tekshiruvchi uskuna); -UTT apparatlarii, — EFGDS, narkoz apparatlari, EKD-gemodializ, -avtoklav (sterilizatsiya qilish uskunasi) quruq xavo bilan jixozlarni sterilizatsiya qilish uskunasi; -elektrotsentrifuga va laboratoriya apparatlar; -dizel generatori (yoqilg‘i yordamida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi uskuna).
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabr 1998 ildagi 2107 PF sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 26-sentyabr 2000 yildan o’z faoliyatini boshlagan.
Filial faolyatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet ellar fuqorolariga zamonaviy malakali va maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, davolash, ilmiy metodik va ko’rgazmali ishlarni takomillashtirishdan iborat.
Shoshilinch xirurgiya bo’limi-1, Shoshilinch xirurgiya bo’limi-2 (urologiya 5, xirurgiya 25) Kardioxirurgiya bo’limi, Qon tomir xirurgiya va mikroxirurgiya bo’limi, Ginekologiya bo’limi, Qo’shma shikastlanganlar bo‘limi, Shoshilinch neyroxirurgiya bo’limi, Bolalar xirurgiyasi bolimi (travmatologik 5, neyroxirurgik 5, xirurgik 10) Shoshilinch terapiya bo’limi, Shoshilinch kardiologiya bo’limi, Shoshilinch nevrologiya bo’limi, Shoshilinch pediatriya bo’limi, Kuyganlar bo‘limi, Shoshilinch toksikologiya bo’limi, Extrakorporal detoksikasiya-gemodializ bo’limi Reanimatsiya (xirurgik reanimatsiya, terapevtik reanimatsiya, bolalar reanimatsiya) , qabul bo‘limi, diagnostika, rentgen, kompyuter tomografiya, gemodializ. Sanaviatsiya bo‘limi, fizioterapiya, avtoklav, laboratoriya, pat anatomiya, axborot va taxlil bo‘limi, kadrlar bo‘limi, xisobxona, arxiv, kutubxona, xatlar b/mi
Shifokorlar-188 nafar, o‘rta tibbiyot xodimlari-721 nafar, orastabonlar 352 nafar.







Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali viloyatimiz aholisiga shoshilinch kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Viloyatning barcha xududlaridan bemorlar bizga murojaat qilib keladi. Markazda xirurgik, ginekologik, travmatologik, neyroxirurgik, bolalardagi operatsiyalardan tashqari bir qator yuqori texnologik operatsiyalar o’tkaziladi. Bemorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xozirda bemorlarni yaqinlari va qarindoshlari uchun zamonaviy 2 qavatli kutish zali qurildi, hamda uni elektr energiya bilan ta’minlash uchun quyosh panellari o‘rnatish orqali ularga yaxshi shart sharoit yaratildi. Bu ishlarni barchasi inson qadri uchun.
SUN’IY QON AYLANISh APPARATI AIK Heart-lung machine (HLM) “Cardiopulmonary Bypass Machine BEC ” BRAILE BIOMEDICA MAXSULOTI. Ishlab chiqarilgan yili Avgust 2024 y AIK (sun’iy qon aylanish) apparatini xarid qilish uchun (moliyaviy manba) “Tashabbusli budjet” loyixasining 2024 yil 2-mavsumi orqali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Shaxsan Viloyat xokimi M.B.Azimovning amaliy yordami bilan Qashqadaryo viloyati maxalliy budjetining 2025 yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari xisobidan qo‘shimcha 600.0 (olti yuz mln) so‘m mablag‘, jami 1 mlr 960 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Va AIK apparati, KЩS apparati, defibrillyator va monitor xarid qilindi.