Yillik tajriba
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabr 1998 ildagi 2107 PF sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 26-sentyabr 2000 yildan o’z faoliyatini boshlagan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tasarufida bo’lib, o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qonunlari asosida tuzilgan yo’riqnomalari qonuniy va normativ dalolatnomalari asosida faoliyat ko’rsatadi.
Filial viloyat aholisi, mamlakatimiz fuqorolari va chet el fuqorolariga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatuvchi va tashkillashtiruvchi, davolash va ilmiy metodik muassasa hisoblanadi.
—220 o‘rin soni 300 o‘ringa ko‘paytirildi. —Qarshi temir yo‘llari shifoxonasi markaz balansiga o‘tkazildi. —Angiografiya apparati ishga tushirildi. —Kardioxirurgiya bo‘limi (15 o‘ringa) ochildi. Zamonaviy AIK apparati olindi. —Yangi MSKT apparati ishga tushirildi. —Bakteriologik laboratoriya ishga tushirildi. —Markazda doimiy ichimlik suvi yo‘lga qo‘yildi. —524 dona quyosh paneli o‘rnatildi. —Homiylar tomonidan (Germaniya va Xitoy) 375 kValik 2 dona dizel generatorlari o‘rnatildi. —3 ta yangi qozonxona o‘rnatildi va tejamkorlikga erishildi. —Homiylar mablag‘i hisobiga temir yo‘l shifoxonasiga 2-elektr liniyasi tortildi. —Open byudjet mablag‘lari hisobidan yangi kutish zali qurildi. —Kardioxirurgiyani rivojlantirish uchun open byudjetdan 1,360 mln so‘mlik mablag‘ yutib olindi. —Davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari to‘liq yo‘lga qo‘yildi. —Texnomed, Demed va Mis-2 dasturiy ta’minotlari yo‘lga qo‘yildi. —Homiylar tomonidan kislorod stansiyasi remont qilindi. —30 nafar xodim xorijda malaka oshirdi. —Xalqaro konferensiyalarga 4 doklad, 10 ta tezis bilan ishtirok etildi. —1 ta doktorlik dissertasiyasi ximoya qilindi. 2 ta nomzodlik dissertasiyasi mavzusi tasdiqlandi. —Hozirgi kungacha 8 ta buyrak transplantasiyasi bajarildi. —Yashil makon bo‘yicha 585 ta daraxt kuchatlari ekildi. —Yuqori texnologik operasiyalar 44 turdan 252 turga oshirildi
Maqsadi.
Aholiga tunu-kun (24/7) uzluksiz tezkor, sifatli, yuqori texnologik, ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan, dalillarga asoslangan shoshilinch tibbiy yordamni ko’rsatish
Asosiy vazifalari.
Shoshilinch tibbiy yordamning zamonaviy jahon standartlariga mosligini ta’minlash;
Mamlakatimizning barcha hududlarida yuqori texnologik shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatilishiga erishish;
Shoshilinch tibbiy yordam tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Asosiy vazifalari.
Shoshilinch tibbiy yordam tizimining barcha bo’g’inlarini yagona tibbiyot axboroti tizimi ( electron sog’liqni saqlsh, teletibbiyot) bilan qamrab olish;
Shoshilinch tibbiyot sohasidagi ilmiy izlanishlarni va innovatsion ishlanmalarni muofiqlashtirish;
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida 188 nafar shifokorlar (4 nafari fan nomzodi), o‘rta tibbiyot xodimlari-721 nafar, orastabonlar 352 nafar, boshqa ishchilar-70 nafarni tashkil etadi.