emerge-qashqadaryo.uz

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali

Filial shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatuvchi va tashkillashtiruvchi, davolash va ilmiy metodik tibbiy muassasa hisoblanadi.

Katta tajriba

Biz haqimizda

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabr 1998 ildagi 2107 PF sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 26-sentyabr 2000 yildan o’z faoliyatini boshlagan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo  filiali O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tasarufida bo’lib, o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qonunlari asosida tuzilgan yo’riqnomalari qonuniy va normativ dalolatnomalari asosida faoliyat ko’rsatadi.

Erishilgan yutuqlar

—220 o‘rin soni 300 o‘ringa ko‘paytirildi.  —Qarshi temir yo‘llari shifoxonasi markaz balansiga o‘tkazildi.  —Angiografiya apparati ishga tushirildi. —Kardioxirurgiya bo‘limi (15 o‘ringa) ochildi. Zamonaviy AIK apparati olindi.  —Yangi MSKT apparati ishga tushirildi. —Bakteriologik laboratoriya ishga tushirildi.  —Markazda doimiy ichimlik suvi yo‘lga qo‘yildi.  —524 dona quyosh paneli o‘rnatildi.  —Homiylar tomonidan (Germaniya va Xitoy) 375 kValik 2 dona dizel generatorlari o‘rnatildi.  —3 ta yangi qozonxona o‘rnatildi va tejamkorlikga erishildi.  —Homiylar mablag‘i hisobiga temir yo‘l shifoxonasiga 2-elektr liniyasi tortildi.  —Open byudjet mablag‘lari hisobidan yangi kutish zali qurildi.  —Kardioxirurgiyani rivojlantirish uchun open byudjetdan 1,360 mln so‘mlik mablag‘ yutib olindi.  —Davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari to‘liq yo‘lga qo‘yildi.  —Texnomed, Demed va Mis-2 dasturiy ta’minotlari yo‘lga qo‘yildi.  —Homiylar tomonidan kislorod stansiyasi remont qilindi.  — , 30 dan oshiq xodimlar xorijda malaka oshirdi.  —Xalqaro konferensiyalarga doklad, tezislar bilan ishtirok etildi.  —1 ta doktorlik dissertasiyasi ximoya qilindi. 2 ta nomzodlik dissertasiyasi mavzusi tasdiqlandi.  —Hozirgi kungacha 8 ta buyrak transplantasiyasi operasiyasi bajarildi.  —Yashil makon bo‘yicha daraxt kuchatlari ekildi.  —Yuqori texnologik operasiyalar 44 turdan 252 turga oshirildi

188+

Shifokorlar

721+

O‘rta tibbiyot xodimlari

16+

Bo'limlar

300+

O'rin joy

Filial maqsadi.

Qashqadaryo viloyat filial faolyatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet ellar fuqorolariga zamonaviy malakali va maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, davolash, ilmiy metodik va ko’rgazmali ishlarni takomillashtirishdan iborat.

Umumiy jixozlanishi

MSKT., Angiograf, -elektrokardiograf; -UTT apparatlarii, - EFGDS, narkoz apparatlari, EKD-gemodializ, -avtoklav (sterilizatsiya qilish uskunasi) quruq xavo bilan jixozlarni sterilizatsiya qilish uskunasi; -elektrotsentrifuga va laboratoriya apparatlar

Bo'limlar

Muassasa tarkibidagi bo‘limlar

Shoshilinch xirurgiya bo’limi-1, Shoshilinch xirurgiya bo’limi-2 (urologiya 5, xirurgiya 25) Kardioxirurgiya bo’limi, Qon tomir xirurgiya va mikroxirurgiya bo’limi, Ginekologiya bo’limi, Qo’shma shikastlanganlar bo‘limi, Shoshilinch neyroxirurgiya bo’limi, Bolalar xirurgiyasi bolimi (travmatologik 5, neyroxirurgik 5, xirurgik 10) Shoshilinch terapiya bo’limi, Shoshilinch kardiologiya bo’limi, Shoshilinch nevrologiya bo’limi, Shoshilinch pediatriya bo’limi, Kuyganlar bo‘limi, Shoshilinch toksikologiya bo’limi, Extrakorporal detoksikasiya-gemodializ bo’limi Reanimatsiya (xirurgik reanimatsiya, terapevtik reanimatsiya, bolalar reanimatsiya) , qabul bo‘limi, diagnostika, rentgen, kompyuter tomografiya, gemodializ. Sanaviatsiya bo‘limi, fizioterapiya, avtoklav, laboratoriya, pat anatomiya, axborot va taxlil bo‘limi, kadrlar bo‘limi, xisobxona, arxiv, kutubxona, xatlar bo’limi

Yangi O’zbekistonni barpo etishga faqat sog’lom xalq, sog’lom millatgina qodir.
Sh.M.Mirziyoyev

Operatsiyalar

Ilk marotaba filialda bajarilgan yuqori texnologik operatsiyalar:

  • Transplantologiya: Buyrak transplantatsiyasi
  • Kardioxirurgiya: (AKSh) aorta-koronar shuntlash operatsiyasi
  • Yurak tug‘ma nuqsoni: bo‘lmachalar aro teshik nuqsonini kesmalarsiz okklyuder yordamida yopish
  • Angiografiya, koronar tomirlarida Stendlash
  • Laparoskopik oshqozon yengli (Sliv) rezeksiyasi
  • Laparoskopik qorin oldi devori churrani bartaraf qilish
  • Ichki uyqu arteriyasida karotidendoarterktomiya
  • Interoperatsion xoledoxni bronxoskop bilan reviziyasi
  • Tana vazni yuqori bo‘lgan bemorlarda bariatrik operatsiya
  • Laparoskopik usulda bachadon amputatsiyasi
  • Artroskopiya, Endoprotezlash, BIOS quyish
  • Umurtqa pog‘onasi shikastlanishlarida transpedikullyar fiksatorlar o‘rnatish
  • Buyin shikastlanishda Klovard metodikasi bo’yicha kombinirlangan stabilizatsiya
  • Ko’krak-bel sohada sirkulyar spondilodez operatsiyasi
  • Bosh miya o‘smalari xirurgik amaliyotida ultratovush yordamida tuqimani tanlab olish selektiv aspiratsiya usuli qo’llanildi
  • Pastki kovak venasiga kavo filtr quyish
  • Doimiy va vaqtinchalik kardiostimulyator quyish

Suniy qon aylanish apparati

AIK Heart-lung machine (HLM) “Cardiopulmonary Bypass Machine BEC ” BRAILE BIOMEDICA MAXSULOTI. Ishlab chiqarilgan yili Avgust 2024 y AIK (sun’iy qon aylanish) apparatini xarid qilish uchun (moliyaviy manba) “Tashabbusli budjet” loyixasining 2024 yil 2-mavsumi orqali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Shaxsan Viloyat xokimi M.B.Azimovning amaliy yordami bilan Qashqadaryo viloyati maxalliy budjetining 2025 yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari xisobidan qo‘shimcha 600.0 (olti yuz mln) so‘m mablag‘, jami 1 mlr 960 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Va AIK apparati, KЩS apparati, defibrillyator va monitor xarid qilindi.

«Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish» loyixasi

Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish radiusi 300-500 km dan 50-70 km ga qisqardi. Bemorlarni shifoxonaga etkazish vaqti 30-60 daqiqadan 10-20 daqiqaga qisqardi. Zamonaviy tibbiy jixozlar evaziga kasalliklarni tezkor va yuqori aniqlikdagi tashxislashga erishildi. Tumanlarda tor doiradagi mutaxassislar (neyroxirurg, qon tomir xirurgi, nevropatolog, pediatr, endoskopist, reanimatolog va xirurg) uchun navbatchilik uchun qo‘shimcha shtatlar evaziga tunu-kun shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga quyildi, shoshilinch tibbiy yordam xajmi va sifati oshdi. O‘tkir yurak-qon tomir, insult va og‘ir travmalardan so‘ng kuzatiladigan o‘lim soni kamaydi. Gemodializga muxtoj bemorlar uchun tuman sharoitida dializ olish imkoni yaratildi va viloyat markaziga borishdek yo‘l ovoragarchiligini oldi olindi. Tuman sharoitida yuqori texnologik operasiyalar o‘tkazilish imkoniyati kengaydi

Vazifalar

Filial vazifalari:

  • Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishni, davlat xizmatini zamonaviy dunyo talabiga mos keladigan operativ, yuqori texnologik va effektiv holda tashkillashtirish va boshqarish.
  • Aholiga maxsus ixtisoslashtirilgan va malakali shoshilinch tibbiy yordamni ko’rsatish.
  • Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish, uni rivojlantirish va tadbiq etish dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish.
  • Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish forma va usullarini ishlab chiqish va tadbiq etishga tavsiyalar berish.
  • Shoshilinch xolatlarda yangi yuqori texnologik davolash, diagnostika yuzasidan ilmiy tekshirishlar olib boorish va sog’liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etish.
  • Shoshilinch va malakali tibbiy yordam ko’rsatish uchun ilmiy, pedagogik kadrlar tayyorlash, vrachlar va o’rta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
  • Shoshilinch tibbiy yordamga muxtoj bo’lmagan xolatlarda pullik xizmat ko’rsatish.
  • Boshqa korxona, tashkilotlar xodimlariga shatrnoma asosida pullik xizmat ko’rsatish va ularni tibbiy ko’rikdan o’tkazish.
  • Tegishli chet ellar, halqaro tashkilotlar va uyushmalar bilan xamkorlik qilish.
  • Favqulotda vaziyatlar, ichki ishlar boshqarmasi, yo’l patrul xizmati, o’t o’chirish, qutqaruv xizmatlari va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari o’rtasida shoshilinch xolatlarda vrachlik yordam ko’rsatishgacha bo’lgan tibbiy yordam kurslarini tashkil etish.
Michael T
Michael T

Client

I suffered from chronic lower back pain for years, and nothing seemed to help—until I started physiotherapy here. The therapists were patient, knowledgeable, and truly cared about my recovery.

David L
David L

Client

I was hesitant to try physiotherapy, but it turned out to be the best decision I’ve made. My chronic neck pain has significantly improved, and I can now sleep comfortably. Thank you!

Daniel P
Daniel P

Client

I had a knee injury that made walking difficult. Thanks to the expert care I received, I was able to recover much faster than I thought possible. The exercises and hands-on therapy worked wonders!

Michael D
Michael D

Client

I was dealing with severe neck and shoulder pain due to poor posture. The team not only helped me relieve the pain but also educated me on how to maintain proper posture in my daily life.