Extrakorporal detoksikasiya-gemodializ bo’limi

Extrakorporal detoksikasiya-gemodializ bo’limi

Extrakorporal detoksikasiya-gemodializ bo’limi mudiri: Sharopov Akmal Rashidovich

Bo‘limda bo‘yrak siydik ajratish sistemasining patologiyasi – O‘tkir bo‘yrak yetishmovchiligi va Surunkali bo‘yrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ekstrakorporal detoksikatsiya gemodializ seansi, plazmoferez seansi va konservativ davo o‘tkaziladi. Bo‘lim mutaxassislari tomonidan Homilardorlar patologiyasi, Endokrin kasasalliklar patologiyasi, Bo‘yrak patologiyasi va boshqa sabablarga ko‘ra o‘tkir bo‘yrak yetishmovchiligi, surunkali bo‘yrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga gemodializ seansi, plazmoferez seanslari qullanib, bemorlar hayotini saqlab qolish, hayot sifatini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan: Homiladorlar patologiyasida ko‘zatiladigan O‘tkir bo‘yrak yetishmovchiligi, Turli xil medikamentoz zaxarlanishdagi O‘tkir bo‘yrak yetishmovchiligi, Endokrin sistema kasalliklaridagi surunkali bo‘yrak yetishmovchiligi, Bo‘yrak patologiyasidagi o‘tkir va surunkali bo‘yrak yetishmovchiligida gemodializ va plazmoferez seanslari o‘tkazilib, bemorlarni hayotini saqlab qolish va tuzalishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

EKD Gemodializ bo‘limi jihozlanishi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyat filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabr 1998 ildagi 2107 PF sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 26-sentyabr 2000 yildan o’z faoliyatini boshlagan.

Filial faolyatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet ellar fuqorolariga zamonaviy malakali va maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, davolash, ilmiy metodik va ko’rgazmali ishlarni takomillashtirishdan iborat.

  • Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishni, davlat xizmatini zamonaviy dunyo talabiga mos keladigan operativ, yuqori texnologik va effektiv holda tashkillashtirish va boshqarish.
  • Aholiga maxsus ixtisoslashtirilgan va malakali shoshilinch tibbiy yordamni ko’rsatish.

MSKT., Angiograf, -elektrokardiograf (yurakni tekshiruvchi uskuna); -UTT apparatlarii,  —  EFGDS, narkoz apparatlari, EKD-gemodializ, -avtoklav (sterilizatsiya qilish uskunasi) quruq xavo bilan jixozlarni sterilizatsiya qilish uskunasi; -elektrotsentrifuga va laboratoriya apparatlar; -dizel generatori (yoqilg‘i yordamida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi uskuna).

  1. 220 o‘rin soni 300 o‘ringa ko‘paytirildi.
  2. Qarshi temir yo‘llari shifoxonasi markaz balansiga o‘tkazildi.
  3. Angiografiya apparati ishga tushirildi.
  4. Kardioxirurgiya bo‘limi (15 o‘ringa) Zamonaviy AIK apparati olindi
  5. Yangi MSKT apparati ishga tushirildi.
  6. Bakteriologik laboratoriya ishga tushirildi.
  7. Markazda doimiy ichimlik suvi yo‘lga qo‘yildi.
  8. 524 dona quyosh paneli o‘rnatildi.
  9. Homiylar tomonidan (Germaniya va Xitoy) 375 kValik 2 dona dizel generatorlari o‘rnatildi.
  10. 3 ta yangi qozonxona o‘rnatildi va tejamkorlikga erishildi.
  11. Homiylar mablag‘i hisobiga temir yo‘l shifoxonasiga 2-elektr liniyasi tortildi.
  12. Open byudjet mablag‘lari hisobidan yangi kutish zali qurildi.
  13. Kardioxirurgiyani rivojlantirish uchun open byudjetdan 1,360 mln so‘mlik mablag‘ yutib olindi.
  14. Davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari to‘liq yo‘lga qo‘yildi.
  15. Texnomed, Demed va Mis-2 dasturiy ta’minotlari yo‘lga qo‘yildi.
  16. Homiylar tomonidan (360 so‘mga) kislorod stansiyasi remont qilindi.
  17. 15 nafar xodim xorijda malaka oshirdi.
  18. Xalqaro konferensiyalarga 4 doklad, 10 ta tezis bilan ishtirok etdi.
  19. 1 ta doktorlik dissertasiyasi ximoya 2 ta nomzodlik dissertasiyasi mavzusi tasdiqlandi.
  20. Hozirgi kungacha 8 ta buyrak transplantasiyasi o’tkazildi.
  21. Yashil makon bo‘yicha 585 ta daraxt kuchatlari ekildi.
  22. Yuqori texnologik operasiyalar 44 turdan 252 turga oshirildi.