Shoshilinch pediatriya bo’limi

Shoshilinch pediatriya bo‘limi bolalar va o‘smirlarga kecha-kunduz tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan bo‘lim hisoblanadi.

Shoshilinch pediatriya bo’limi

Shoshilinch pediatriya bo’limi mudiri; Bobonorov Po‘lat Samadovich

Shoshilinch pediatriya bo‘limi bolalar va o‘smirlarga kecha-kunduz tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan bo‘lim hisoblanadi. Bo‘limda hayot uchun xavfli va shoshilinch tibbiy aralashuv talab qiluvchi holatlarda malakali tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Bo‘limning asosiy vazifalari
-Bemorning holatini tezkor baholash va tashxis qo‘yish.
-Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish.
-Hayotiy muhim funksiyalarni tiklash va barqarorlashtirish.
-Zarurat bo‘lganda reanimatsion tadbirlarni amalga oshirish.
-Bemorni ixtisoslashgan bo‘limlarga yo‘naltirish.
Davolanadigan holatlar:
-Yuqori isitma va febril tutqanoqlar.
-Nafas yetishmovchiligi va bronxial obstruksiya.
-O‘tkir allergik reaksiyalar va anafilaksiya.
-Zaharlanishlar.
-Suvsizlanish bilan kechuvchi ichak infeksiyalari.
-Jarohatlar va kuyishlar.
-Hushdan ketish va tutqanoq sindromlari.

Bo‘lim imkoniyatlari

24 soat davomida shoshilinch yordam, Zamonaviy diagnostik uskunalar,Laborator tekshiruvlar,
Kislorod terapiyasi, Infuzion terapiya, Reanimatsiya va intensiv terapiya tadbirlari.
Mutaxassislar
Bo‘limda yuqori malakali: Pediatrlar, Hamshiralar va feldsherlar faoliyat yuritadi.
Maqsadimiz: Har bir bolaga o‘z vaqtida, sifatli va xavfsiz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish hamda uning sog‘lig‘ini tiklashdir.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyat filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabr 1998 ildagi 2107 PF sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 26-sentyabr 2000 yildan o’z faoliyatini boshlagan.

Filial faolyatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet ellar fuqorolariga zamonaviy malakali va maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, davolash, ilmiy metodik va ko’rgazmali ishlarni takomillashtirishdan iborat.

  • Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishni, davlat xizmatini zamonaviy dunyo talabiga mos keladigan operativ, yuqori texnologik va effektiv holda tashkillashtirish va boshqarish.
  • Aholiga maxsus ixtisoslashtirilgan va malakali shoshilinch tibbiy yordamni ko’rsatish.

MSKT., Angiograf, -elektrokardiograf (yurakni tekshiruvchi uskuna); -UTT apparatlarii,  —  EFGDS, narkoz apparatlari, EKD-gemodializ, -avtoklav (sterilizatsiya qilish uskunasi) quruq xavo bilan jixozlarni sterilizatsiya qilish uskunasi; -elektrotsentrifuga va laboratoriya apparatlar; -dizel generatori (yoqilg‘i yordamida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi uskuna).

  1. 220 o‘rin soni 300 o‘ringa ko‘paytirildi.
  2. Qarshi temir yo‘llari shifoxonasi markaz balansiga o‘tkazildi.
  3. Angiografiya apparati ishga tushirildi.
  4. Kardioxirurgiya bo‘limi (15 o‘ringa) Zamonaviy AIK apparati olindi
  5. Yangi MSKT apparati ishga tushirildi.
  6. Bakteriologik laboratoriya ishga tushirildi.
  7. Markazda doimiy ichimlik suvi yo‘lga qo‘yildi.
  8. 524 dona quyosh paneli o‘rnatildi.
  9. Homiylar tomonidan (Germaniya va Xitoy) 375 kValik 2 dona dizel generatorlari o‘rnatildi.
  10. 3 ta yangi qozonxona o‘rnatildi va tejamkorlikga erishildi.
  11. Homiylar mablag‘i hisobiga temir yo‘l shifoxonasiga 2-elektr liniyasi tortildi.
  12. Open byudjet mablag‘lari hisobidan yangi kutish zali qurildi.
  13. Kardioxirurgiyani rivojlantirish uchun open byudjetdan 1,360 mln so‘mlik mablag‘ yutib olindi.
  14. Davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari to‘liq yo‘lga qo‘yildi.
  15. Texnomed, Demed va Mis-2 dasturiy ta’minotlari yo‘lga qo‘yildi.
  16. Homiylar tomonidan (360 so‘mga) kislorod stansiyasi remont qilindi.
  17. 15 nafar xodim xorijda malaka oshirdi.
  18. Xalqaro konferensiyalarga 4 doklad, 10 ta tezis bilan ishtirok etdi.
  19. 1 ta doktorlik dissertasiyasi ximoya 2 ta nomzodlik dissertasiyasi mavzusi tasdiqlandi.
  20. Hozirgi kungacha 8 ta buyrak transplantasiyasi o’tkazildi.
  21. Yashil makon bo‘yicha 585 ta daraxt kuchatlari ekildi.
  22. Yuqori texnologik operasiyalar 44 turdan 252 turga oshirildi.