Bo‘limda turli xil jarohatlar, suyak va bo‘g‘imlarning shikastlanishlari, ko‘p sonli jarohatlar (politravma) hamda tayanch-harakat tizimining shoshilinch holatlari bilan murojaat qilgan bemorlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Bo‘lim mutaxassislari tomonidan zamonaviy diagnostika, konservativ va operativ davolash usullari keng qo‘llanilmoqda.
Jumladan: suyak sinishlari va chiqishlarini bartaraf etish, ochiq va yopiq repozitsiya, metall konstruksiyalar yordamida osteosintez, tashqi fiksatsiya apparatlarini o‘rnatish, bo‘g‘imlarni endoprotezlash hamda og‘ir qo‘l-oyoq jarohatlarida rekonstruktiv amaliyotlar bajarilmoqda.
Ilk bor joriy etilgan amaliyotlar qatoriga kichik kesmalar orqali endoprotezlash, artroskopik rekonstruktiv operatsiyalar, og‘ir ko‘p sonli jarohatlarda (politravma, kombinatsiyalangan travmalar) kompleks jarrohlik yordami, individual implantlar qo‘llangan holda rekonstruktiv amaliyotlar hamda zamonaviy reabilitatsiya dasturlari kiradi. Shuningdek, bo‘limda zamonaviy kam invaziv texnologiyalar, jumladan artroskopik aralashuvlar, rentgen-nazorat ostida bajariladigan operatsiyalar va yuqori texnologiyali implantlar qo‘llanilmoqda. Ko‘p sonli jarohat olgan bemorlarni bosqichma-bosqich davolash va erta faollashtirish tamoyillari asosida kompleks tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Bo‘limda sutka davomida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, og‘ir ahvoldagi bemorlarga intensiv terapiya, reanimatsiya tadbirlari va operatsiyadan keyingi tiklanish choralari yuqori darajada tashkil etilgan. Zamonaviy davolash usullari va malakali mutaxassislar faoliyati natijasida bemorlarning harakat faoliyatini tiklash va hayot sifatini yaxshilashga erishilmoqda.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyat filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabr 1998 ildagi 2107 PF sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 26-sentyabr 2000 yildan o’z faoliyatini boshlagan.
Filial faolyatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet ellar fuqorolariga zamonaviy malakali va maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, davolash, ilmiy metodik va ko’rgazmali ishlarni takomillashtirishdan iborat.
MSKT., Angiograf, -elektrokardiograf (yurakni tekshiruvchi uskuna); -UTT apparatlarii, — EFGDS, narkoz apparatlari, EKD-gemodializ, -avtoklav (sterilizatsiya qilish uskunasi) quruq xavo bilan jixozlarni sterilizatsiya qilish uskunasi; -elektrotsentrifuga va laboratoriya apparatlar; -dizel generatori (yoqilg‘i yordamida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi uskuna).