Bo‘limda o‘tkir xirurgik patologiyasi bo‘lgan bemorlarda operativ va konservativ davo o’tkaziladi.
Xirurgiya-2 bo‘limi 30 o’rin. Bo‘limda o‘tkir xirurgik patologiyasi bo‘lgan bemorlarda operativ va konservativ davo o’tkaziladi. Bo‘lim mutaxassislari tomonidan xirurgik kasalliklarda videolaparoskopik va an’anaviy xirurgik amaliyotlar bajarilib kelinmoqda. Jumaladan: Diagnostik laparoskopiya, diagnostik torokoskopiya, mikkel divertikulitini laparaskopik divertikulektomiya kilish, laparaskopik jigardan exinakokektomiya, laparoskopik xolesistektomiya, laparoskopik appendektomiya, laparoskopik oshqozon va o’n ikki barmoq ichak teshilgan yaralarini tikish, diagnostik laparoskopiya, diagnostik torokoskopiya, og‘ir qo‘shma shikastlanishlarda jigar travmalarini laparoskopik usulda koagulyatsiya qilib qon ketishini to’xtatish kabi amaliyotlari bajarilib kelinmoqda.
Qorin old devori churralarini laparoskopik usulda bartaraf qilish, o‘tkir biliar pankreatit va pankreonekrozlarda laparoskopik usulda xolesistektomiya, charvi xaltasini ochish va drenajlash, qorin bo’shlig‘ini sanatsiyasi va drenajlash amaliyotlari, o’tkir chandiqli ichak tutilishlarida laparoskopik usulda bartaraf qilish kabi amaliyotlar bajarilmoqda.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyat filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabr 1998 ildagi 2107 PF sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 26-sentyabr 2000 yildan o’z faoliyatini boshlagan.
Filial faolyatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet ellar fuqorolariga zamonaviy malakali va maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, davolash, ilmiy metodik va ko’rgazmali ishlarni takomillashtirishdan iborat.
MSKT., Angiograf, -elektrokardiograf (yurakni tekshiruvchi uskuna); -UTT apparatlarii, — EFGDS, narkoz apparatlari, EKD-gemodializ, -avtoklav (sterilizatsiya qilish uskunasi) quruq xavo bilan jixozlarni sterilizatsiya qilish uskunasi; -elektrotsentrifuga va laboratoriya apparatlar; -dizel generatori (yoqilg‘i yordamida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi uskuna).