Reanimatsiya 2 bo’limi 2024y 10 maydan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda, 6 o’ringa mo’ljallangan. Bo’limda asosan og’ir xirurgik bemorlar davolanadi.
Reanimatsiya 2 bo’limi 2024y 10 maydan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda, 6 o’ringa mo’ljallangan. Bo’limda asosan og’ir xirurgik bemorlar davolanadi. Bo’lim vrachlari tomonidan bemorlarni operatsiyaga tayyorlash anesteziya o’tkazish, operatsiyadan keyingi og’ir bemorlarni davolash ishlari olib boriladi. Shundan pankreatitlarni konservativ davolanishda zamonaviy usullardan foydalaniladi. O’tkir qon ketish bilan tushgan bemorlarga konservativ davo muolojalar o’tkazilib kelinmoqda. Jigar sirrozi, asorati VRVdan qon ketish bilan tushgan bemorlarga Blekmer zondidan foydalaniladi, effekt bermagan xollarda qizilo’ngach venasini tikish amaliyoti xirurglar bilan birga o’tkaziladi. Ogir bemorlarga ko’rsatma bo’yicha gemo va plamatransfuziyalar o’tkaziladi.
Bo’limda kombinatsiyalashgan umumiy endotraxeal narkoz, vena ichi xamda spinal anesteziyalar yo’lga quyilgan. Og’ir operatsiyadan keyingi bemorlarga intensiv davo muolojalar va adekvat og’riqsizlantirish yo’lga quyilgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyat filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabr 1998 ildagi 2107 PF sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 26-sentyabr 2000 yildan o’z faoliyatini boshlagan.
Filial faolyatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet ellar fuqorolariga zamonaviy malakali va maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, davolash, ilmiy metodik va ko’rgazmali ishlarni takomillashtirishdan iborat.
MSKT., Angiograf, -elektrokardiograf (yurakni tekshiruvchi uskuna); -UTT apparatlarii, — EFGDS, narkoz apparatlari, EKD-gemodializ, -avtoklav (sterilizatsiya qilish uskunasi) quruq xavo bilan jixozlarni sterilizatsiya qilish uskunasi; -elektrotsentrifuga va laboratoriya apparatlar; -dizel generatori (yoqilg‘i yordamida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi uskuna).