Bo‘limda bolalar va o’smirlar o‘tkir xirurgik patologiyasi bo‘lgan bemorlarda shoshilinch konservativ davo va xar xil turdagi operativ muolajalar o’tkaziladi.
Bolalar xirurgiya bo’limi 20 o’ringa tashkil qilingan. Bo‘limda bolalar va o’smirlar o‘tkir xirurgik patologiyasi bo‘lgan bemorlarda shoshilinch konservativ davo va xar xil turdagi operativ muolajalar o’tkaziladi. Bo‘lim mutaxassislari tomonidan bolalar va o’smirlarda tug’ma va ortirilgan o’tkir xirurgik kasalliklarda an’anaviy xirurgik va videolaparoskopik amaliyotlar bajarilib kelinmoqda. Jumaladan: laparoskopik appendektomiya, diagnostik laparoskopiya, torakotomiya ,diagnostik torokoskopiya, laparoskopik oshqozon va o’n ikki barmoq ichak teshilgan yaralarini tikish, Laparoskopik xolesistektomiya, og‘ir qo‘shma shikastlanishlarda jigar travmalarini laparoskopik usulda koagulyatsiya qilib qon ketishini to’xtatish, ichak tutilishlarida videolaparaskopik amaliyotlari bajarilib kelinmoqda. Bo’limda diagnostik va davolash bronxoskopiya, ezofagoskopiya amaliyoti keng tadbiq qilingan.
O’tkir ichak tutilishlarida va ichak invaginatsiyasida ichak tutilishini bartaraf qilish, ichak laparaskopik dezinvaginatsiyasi, laparaskopik ichak polipektomiyasi, charvi xaltasini ochish va drenajlash, qorin bo’shlig‘ini sanatsiyasi va drenajlash, o’tkir mediastinal emfizemada mediastinotomiya amaliyotlari, bajarilmoqda.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyat filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabr 1998 ildagi 2107 PF sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 26-sentyabr 2000 yildan o’z faoliyatini boshlagan.
Filial faolyatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet ellar fuqorolariga zamonaviy malakali va maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, davolash, ilmiy metodik va ko’rgazmali ishlarni takomillashtirishdan iborat.
MSKT., Angiograf, -elektrokardiograf (yurakni tekshiruvchi uskuna); -UTT apparatlarii, — EFGDS, narkoz apparatlari, EKD-gemodializ, -avtoklav (sterilizatsiya qilish uskunasi) quruq xavo bilan jixozlarni sterilizatsiya qilish uskunasi; -elektrotsentrifuga va laboratoriya apparatlar; -dizel generatori (yoqilg‘i yordamida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi uskuna).