O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga ko’ra, Respublikamizda 13–14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi munosabati bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida xam umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Umumxalq xayriya hasharida markaz xodimlaridan 430 nafari ishtirok etdilar. Xashar davomida markaz atrofi, yo‘laklar, ariqlar tozalandi, daraxtlar oqlanib, butash ishlari tashkil qilindi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Obodonlashtirish va kukalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.





