Barchangizni kirib kelayotgan muborak Navruz va Hayit bayramlari munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Bu ulug‘ ayyomlar xalqimiz uchun azaldan yangilanish, ezgulik va bag‘rikenglik timsoli bo‘lib kelgan. Navruz – tabiat uyg‘onishi bilan birga inson qalbida ham yangi umid va orzularni uyg‘otadi. Hayit esa mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlarni mustahkamlaydi.
Aziz jamoamiz! Sizlarning yuksak mas’uliyat, fidoyilik va kasbga sadoqat bilan olib borayotgan mehnatingiz yurtimiz taraqqiyoti va aholi salomatligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Har biringizning sa’y-harakatlaringiz tahsinga loyiq va alohida e’tirofga arziydi.
Shu muborak kunlarda barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayz-baraka, yurtimizga tinchlik va ravnaq tilayman. Yangilanish va baraka bayramlari barchamizga yangi yutuqlar va ulkan zafarlar olib kelsin.
Hurmat va ehtirom bilan, Ravshan Panjiyevich To‘lakov
